14:18 / 07.03.2020
9 630

15 martdan avtomobillar narxi oshadimi?

15 martdan avtomobillar narxi oshadimi?
Foto: Afisha
Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda yurtimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning narxi oshishi mumkinligi haqidagi xabarlar tobora avj olmoqda.

Bu haqda uch kun avval «UzAuto Motors» kompaniyasi inventarizatsiya amalga oshirilishi munosabati bilan avtomobillar uchun shartnoma tuzish hamda sotuvni vaqtinchalik to‘xtatgani haqida e’lon qilinganidan keyin gapirila boshlangandi.

2017 yildan buyon Chevrolet Spark, Nexia va Cobalt narxi umuman oshirilmagani, bu vaqtda esa AQSH dollari kursi 34 foizdan ortiqroq o‘sgani, inomarkalar qiymati salkam 30 foizga, kommunal xizmatlar deyarli 10 foizga oshgani haqida kichik infografika internetda, xususan blogerlar tomonidan tarqatila boshlangach, bu gap-so‘zlar yanada avj oldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Aytilishicha, shu yilning 15 martidan avtomobillar narxi 15 foizga oshishi kutilmoqda ekan. Bu haqdagi xabarlarga hozircha rasmiy munosabat bildirilgani yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 15 martdan avtomobillar narxi oshadimi?