10:33 / 20.03.2020
4 165

Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi (foto)

Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi (foto)
Foto: Motor
Britaniyaning Land Rover avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi o‘zining eng mashhur yo‘ltanlamasi — Range Rover’ning 50 yillik yubileyini nishonladi, deb xabar beradi Motor.

Yubiley munosabati bilan kompaniya o‘zining barcha yangi modellari sinovdan o‘tkaziladigan Areplugda joylashgan poligonida qor ustida eni 260 metr keladigan tasvirni yaratdi.

Qordan turli tasvirlar yaratish bilan tanilgan ijodkor Saymon Bek 53 092 kvadrat metrga kompaniyaning logotipini tushirdi. Buning uchun u to‘rtta Range Rover SV hamrohligida 45 mingdan ortiq qadam tashlab, maydonning markaziy qismi bo‘ylab harakatlandi.

Foto: Motor
Yubileyni nishonlash doirasida Range Rover’ni ekstremal sharoitda sinash imkoniyati boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Entoni Joshuaga taqdim etildi. Joshua qishda avtomobil haydash bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirib, diametri 260 metrga teng muzli halqa bo‘ylab harakatlandi.

Foto: Motor
Range Rover oilasi o‘z yubileyini iyun oyida nishonlaydi. 1970 yilda ikki eshikli dastlabki Range Rover paydo bo‘lganidan buyon uning qatoriga Range Rover Sport, Range Rover Evoque va Range Rover Velar kelib qo‘shilgan.

Foto: Motor

Foto: Motor

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Range Rover o‘zining yarim asrlik yubileyini qor ustiga ulkan surat chizib nishonladi (foto)