18:08 / 13.04.2020
2 604

Ferrari 2019 yilda har bir avtomobil sotuvidan 86 ming yevrodan foyda ko‘rdi

Ferrari 2019 yilda har bir avtomobil sotuvidan 86 ming yevrodan foyda ko‘rdi
Foto: Motor
2019 yilda Ferrari kompaniyasi jahon bozorida sotilgan har bir avtomobilidan 86 ming yevrodan ortiq foyda ko‘rdi, deb xabar beradi Motor.

O‘tgan yili yangi avtomobillar savdosi butun dunyo bo‘ylab pasaya boshlagan, shunga qaramay 2019 yilni «yomon yil» deb atab bo‘lmaydi. Masalan, Fiat Group World’ning hisobotiga ko‘ra, Ferrari kompaniyasi dunyo bo‘ylab sotilgan 10 131 dona superkarining har biridan 86 ming yevro foyda ko‘rgan. Shunday qilib, har bir mashina narxida sof foydaning ulushi o‘rtacha 23,2 foizni tashkil etdi.

Hisobotda keltirilishicha, Ferrari bu kabi natijaga yangi texnologiyalar joriy etgani, o‘zgaruvchan bozorga tezkor moslashuvchangli va yaxshi marketing sabab erishgan.

Ma’lumot uchun, 2018 yilda esa Ferrari har bir avtomobilidan 86 369 yevro foyda ko‘rgan edi. Boshqa avtomobil kompaniyalari esa bu kabi rentabellikni orzu qiladi, masalan, Ferrari’ning birgina superkaridan keladigan foyda uchun BMW 30 ta yangi avtomobil, VW — 56 ta, Mercedes-Benz — 67 ta, Ford — 908 ta, Nissan— 928 ta avtomobil sotishi kerak. Italiyaliklar uchun Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika bozorlari muvaffaqiyat keltirmoqda, AQSHda esa savdolar tushib ketgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ferrari 2019 yilda har bir avtomobil sotuvidan 86 ming yevrodan foyda ko‘rdi