Foto: AutoBild Sportscars
AutoBild Sportscars kanali blogerlari benzinda harakatlanuvchi kupesimon BMW M8 Competition sedani va Porsche Taycan Turbo S elektrokarini o‘zaro taqqoslab ko‘rdi. Tajribali haydovchi ikkala avtomobilda Lauzitsring poyga trassasi bo‘ylab 4,5 kilometr masofa bosib o‘tgan. Ikkala mashinaga ham bir xil — Pirelli P Zero shinalari o‘rnatilgan, deb xabar beradi Motor.
Texnik jihatdan ikkala mashina ham bir-birga o‘xshash: BMW M8 Gran Coupe Competition’ga 625 ot kuchiga ega 4,4 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi. BMW Porsche’dan ko‘ra qariyb 400 kilogrammga yengil va 20,5 ming yevro arzonroq turadi.
Porsche Taycan Turbo S’ga esa 761 ot kuchiga ega to‘liq uzatmali motor o‘rnatilgan. Ta’kidlanishicha, elektromobil soatiga 100 kilometr tezlikka BMW’dan ko‘ra 0,4 soniya tezroq erishadi.
«Jangovar» harakat rejimi yakuniga ko‘ra, turli motorlar o‘rnatilgan nemis sedanlari orasidagi farq 0,2 soniyani tashkil etgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi