Foto: Motor
«Avtostat» agentligi eng qulay avtomobillar reytingini tuzib chiqdi. Tadqiqotlar davomida ekspertlar rossiyalik avtomobil egalari uchun qaysi markadagi avtomobil saloni qulay ekanligini aniqladi, deb xabar beradi Motor.
So‘rovda 2018—2019 yillarda ishlab chiqarilgan avtomobillarga egalik qiluvchi 2500 odam qatnashdi. Baholash besh balli shkalada amalga oshirilgan bo‘lib, bunda bir ball qoniqarsiz, besh ball esa boshqaruv organlari maksimal darajada qulay joylashganini anglatadi.
Rossiyaliklar eng qulay avtomobil deya Mercedes-Benz’ni tanlagan — ular yuzta mavjud 100 balldan 93,6 ball to‘pladi. Ikkinchi o‘rin 92,6 ball bilan BMW’ga nasib etdi. Kuchli uchlikka Audi yakun yasadi — 91,3 ball. Bundan tashqari, qulay mashinalar qatoridan Skoda (89,5 ball) va Volvo (88,7 ball) modellari ham o‘rin olgan.
Ergonomik mashinalarning Top-10 ligiga Ford (88,4 ball), Mazda (86,6 ball), Haval (85,7 ball), Volkswagen (85,6 ball) va KIA (82,4 ball) ham kirishga muvaffaq bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi