
Quyoshda qoldirilgan avtomobildagi issiq havo harorati 55-60 darajagacha ko‘tarilib yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
Quyoshning ta’siri natijasida avtomobil ichidagi va tashqaridagi havo haroratini solishtiramiz:
vaqt - tashqarida - ichkarida
0 min. +27 daraja + 27 daraja
10 min. +27 daraja + 37 daraja
20 min. +27 daraja + 43 daraja
30 min. +27 daraja + 46 daraja
40 min. +27 daraja + 48 daraja
50 min. +27 daraja + 49 daraja
60 min. +27 daraja + 51 daraja
Quyosh nurlaridan hosil bo‘lgan issiqlik avtomobil ichida juda tez to‘planadi.
"Ayni kunlarda havo haroratining ko‘tarilishi, yoz faslining yaqinlashayotgani munosabati bilan transport vositalarini soya va salqin joylarda qoldirishingizni so‘rab qolamiz", deyiladi axborot xizmati xabarida.

Avtomobil IchidaHavo HaroratiQuyosh NurlariYoz FasliTransport VositalariIssiq Havo O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing