19:30 / 23.06.2020
3 437

Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etildi (foto)

Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etildi (foto)
Foto: Hofele-Design
Hofele Design atelesi Ultimate HGLE loyihasini — Maybach usulida qayta ishlangan Mercedes-Benz GLE’ni taqdim etdi, deb xabar beradi Motor.

Ultimate HGLE krossoveri oddiy GLE’dan vertikal tirqishlarga ega radiator panjarasi, 23 dyuymli g‘ildirak diskalari va massiv diffuzori bilan ajralib turadi. Mashinaning orqa qismida, old qanotlari va panjarasida dizayn-atelening logopiti paydo bo‘lgan.

Mashina saloniga ham o‘zgartirish kiritilgan: ikkinchi qatorga mayda-chuyda narsalarni saqlashga mo‘ljallangan ko‘plab bo‘lmachalarga ega alohida o‘rindiqlar o‘rnatilgan. O‘rindiqlarning barchasi Nappa charmi bilan qoplangan bo‘lib, unga original naqshlar tushirilgan. Pol qismida qo‘y junidan to‘qilgan gilamchalar to‘shalgan.

Foto: Hofele-Design
Maybach uslubida yaratilgan GLE’ni 367 ot kuchi va 500 Nm aylanuvchi momentga ega 3,0 litrli «turbooltilik» harakatga keltiradi. Motor to‘qqiz pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi.

Foto: Hofele-Design

Foto: Hofele-Design

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Maybach uslubida yaratilgan Mercedes GLE taqdim etildi (foto)