11:15 / 25.06.2020
16 250

«Texpasport»lar bo‘yicha qarorga o‘zgartirish kiritildi

«Texpasport»lar bo‘yicha qarorga o‘zgartirish kiritildi
Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda yuridik shaxslar – tadbirkorlik sub’ektlariga ham ruxsat berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 dekabrdagi 1010 sonli hamda 2019 yil 15 fevraldagi 136 sonli qarorlari qabul qilingan edi.

Joriy yilning 24 iyun kuni tadbirkorlar va YPX xodimlari bilan birga bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida bir qancha o‘zgartirishlar kiritilganligi ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, yuqoridagi qaror bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha funksiyalarini yuridik shaxslar-tadbirkorlik sub’ektlariga bosqichma-bosqich o‘tkazishni boshlash sanasi 2019 yil 1 yanvardan 2021 yil 1 yanvarga o‘zgargani nazarda tutilgan.

Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda amalga oshirilayotgan ishlar va xizmatlarning xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida, transport vositalarining texnik holatini tekshirish uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza joylashtiriladigan xona va maydonlarga doir bir qancha talablar belgilangan.

Talablarda, texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalari, tadbirkorlik sub’ektlari – yuridik shaxslar tomonidan transport vositalarining texnik holatini baholash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish-texnik baza (laboratoriyalar) joylashtirilgan xona va maydonlarning texnik normalari belgilangan. Bunda 16 turdagi zarur texnik diagnostika vositalariga ega bo‘lishi lozim.

Ishlab chiqarish-texnik baza belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan, transport vositalarining texnik holatini texnika jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablarga muvofiqligini baholashni taklif etish va o‘tkazish uchun tegishli texnologik, sinov jihozlari va o‘lchash vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Hozircha avtomobillarni diagnostika qilish stansiyalarida faqatgina M1 toifadagi transport vositalarini texnik ko‘rigini amalga oshirish mumkinligi aytildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Texpasport»lar bo‘yicha qarorga o‘zgartirish kiritildi