09:12 / 10.07.2020
3 181

AQSHdagi omborlarning biridan noyob Maserati topildi. U 2 mingdan kamroq nusxada ishlab chiqarilgan

AQSHdagi omborlarning biridan noyob Maserati topildi. U 2 mingdan kamroq nusxada ishlab chiqarilgan
Foto: Motor
AQSHdagi garajlarning birida kuzovi deyarli to‘liq chirib ketgan noyob Maserati Merak kupesi topildi. Topilma haqida Roma-Uracco nikli bloger o‘zining YouTube’dagi kanalida ma’lumot bergan.

Maserati’nig bu kabi avtomobillari 10 yilgina — 1972 yildan 1983 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Kompaniya Merak modelidan 1830 nusxa ishlab chiqargan bo‘lib, u o‘z vaqtida Ferrari 308 va Lamborghini Urraco’ga raqobatchi hisoblangan.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishini afsonaviy Jorjetto Jujaro yaratgan: uning mualliflik ishlari qatoridan birinchi avlod Volkswagen Folf, Fiat Panda va Punto, shuningdek, Audi 80 hamda Alfa Romeo, De Tomaso, Maserati, Lotus kabi ko‘plab sport modellari o‘rin olgan.

Rolikdan ko‘rish mumkinki, Merak juda ayanchli ahvolda — model uzoq yillar ko‘chada harakatsiz yotgan. Biroq uning orginal ehtiyot qismlari yo‘qolib ketmagan: yukxonasida zaxira g‘ildiragi mavjud, salondan orginal gilamchalar o‘rin olgan. Odometrga ko‘ra, mashina 55 ming kilometrga yaqin yo‘l bosgan.

Mashinaning dvigateli olib qo‘yilgan. Kupe 190 ot kuchiga ega 3,0 litrli V6 motori yordamida harakatga kelgan bo‘lib, u besh pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqarilgan. Modelning maksimal tezligi soatiga 240 kilometrni tashkil etgan.

Maserati Merak’ning kelgusi taqdiri nima kechishi noma’lum: uni qayta ta’mirlaydigan biror mard topilmasa, metallolomga topshirib yuborishlari mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » AQSHdagi omborlarning biridan noyob Maserati topildi. U 2 mingdan kamroq nusxada ishlab chiqarilgan