2 627
Bugatti konditsionerining quvvati uch xonali kvartirani sovutishga yetishi ma’lum qilindi
Bugatti modeliga o‘rnatiladigan konditsionerlar quvvati uch xonali kvartirani sovutishga yetadi. Fransuz kompaniyasi muhandis Juli Lemke tomonidan yaratilgan qurilmaning ishlash prinsipi haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Motor'ga tayanib yozmoqda Daryo nashri.
Bugatti Chiron iqlim tizimi ikkita kondensator, kompressor va konditsionerdan iborat. Muzlatish konturining umumiy uzunligi 9,5 metrga teng.
Lemkening so‘zlariga ko‘ra, konditsionerning yuqori samaradorligi bir necha omillarga bog‘liq. Birinchidan, muhandislar yuqori tezlikda ham ishlashiga ta’sir ko‘rsatmaydigan konditsioner yaratish vazifasi turgan. Oddiy avtomobillarda havo old oynaning pastki qismidan yo‘naltiriladi, biroq Bugatti’da bu soatiga 250 kilometr tezlikka chiqqanidagina amalga oshiriladi.
Yuqori tezlikda ham konditsioner o‘z ishini davom ettira olishi uchun kompaniya qo‘shimcha klapan va takomillashtirilgan havo puflagichlardan iborat murakkab tizimni yaratgan — bu soatiga 420 kilometr tezlikka harakatlanadigan Chiron uchun juda muhim.
Hisobga olish kerak bo‘lgan yana bir muhim jihat — Chiron old oynasining kuchli egilganligi (21,5 daraja), bu esa uning salonini tezroq isishiga olib keladi. Uchinchi omil esa — 1500 ot kuchiga ega 8,0 litrli W16 dvigateli.
Bugatti modelining konditsioneri 80 metr kvadrat joyni sovutishga qodir bo‘lib, salondagi haroratni qulayligini ta’minlaydi, ulkan motor ustiga o‘rnatilgan o‘rindiqlar qizib ketmasligiga olib keladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi