14:55 / 05.08.2020
3 920

Volkswagen Caddy O‘zbekistonda haqiqatdan ham qimmatmi?

Volkswagen Caddy O‘zbekistonda haqiqatdan ham qimmatmi?
Yaqinda, aniqrog‘i 2020 yil 27 iyul kunida Germaniyaning dunyoga mashhur Volkswagen avtokonserni o‘zining O‘zbekistondagi rasmiy dileri faoliyatini boshlagan va mahalliy avtobozorga bir platformada ishlab chiqilgan 3 xil modifikatsiyadagi Volkswagen Caddy avtomobillari bilan kirib kelgan edi.

Xususan, asosan, yuk tashishga mo‘ljallangan Volkswagen Caddy Cargo avtomobili 172 mln 100 ming so‘mdan sotilishi ma’lum qilindi.
Volkswagen Caddy Combi 190 000 000 so‘m, Volkswagen Caddy Trendline esa 221 900 000 so‘mdan sotilishi onlayn taqdimot marosimida e’lon qilindi.

Ta’kidlash o‘rinliki, avtohavaskorlar tomonidan uzoq kutilgan yangilikdan so‘ng, ko‘pchilik orasida nemis avtogigantining mazkur modellari asossiz ravishda qimmatligi xususida, Yevropa mamlakatlari yoki Rossiyada ham ushbu modellarni ancha arzonga sotib olish mumkinligi haqida qizg‘in muhokamalar bo‘ldi.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonga olib kirilgan mazkur modellar O‘zbekistonga yaqin davlatlar, jumladan Germaniya, Polsha, Rossiya va Ukrainada qanchadan ekaniga doir o‘ziga xos o‘rganish o‘tkazishga qaror qildik. Albatta, taqqoslash uchun birlamchi bozor narxlari olindi va qiyoslandi.

O‘zbekistonda sotilayotgan Volkswagen Caddy narxlarini taqqoslash osonroq bo‘lishi uchun Markaziy bankning 2020 yil 4 avgustdagi dollar kursi bilan qayta hisoblab chiqamiz. Bunda biz quyidagi natijalarga ega bo‘lamiz.

Cargo
Volkswagen Caddy Cargo 172 100 000/10209.86 = 16,856.254 AQSH dollarini tashkil etadi.

Combi
Volkswagen Caddy Combi 190 000 000/10209.86 = 18,609.46 dollar

Trendline
Volkswagen Caddy Trendline 221 900 000/10209.86 = 21,733.89 dollar bo‘lmoqda.

Endi yuqorida sanab o‘tgan mamlakatlarda ayni modifikatsiyadagi modellar qanchadan sotilayotganiga doir narxlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Germaniya (narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan):
Volkswagen CaddyCargo 20 456 yevro (24 051.59 AQSH dollari)
Volkswagen Caddy Combi 21 094 yevro (24801.73)
Volkswagen Caddy Trendline 22 823 yevro (26834.64)

Polsha (narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan):
Volkswagen CaddyCargo 78 437 zlotiy (20 951.52 AQSH dollari)
Volkswagen Caddy Combi 83 074 zlotiy (22 190.12)
Volkswagen Caddy Trendline 83 333 zlotiy (22 259.3)

Rossiya (narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan):
Volkswagen Caddy Cargo 1 449 400 rubl (19658.42 AQSH dollari)
Volkswagen Caddy Combi 1 536 100 rubl (20834.35)
Volkswagen Caddy Trendline 1 660 000 rubl (22 514.82)

Ukraina (narxlar QQS bilan ko‘rsatilgan):
Volkswagen CaddyCargo – 505 466 grivna (18190.89 dollar)
Volkswagen Caddy Combi – 549 649 grivna (19780.97)
Volkswagen Caddy Trendline – 688 264 grivna (24769.49)

Xullas, boshqa davlatlarda O‘zbekiston birlamchi avtomobil bozorida sotilayotgan Volkswagen Caddy avtomobillarining birlamchi avtobozorlaridagi narxlari shunday. Xulosa chiqarish o‘zingizdan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Volkswagen Caddy O‘zbekistonda haqiqatdan ham qimmatmi?