Foto: EPA
Dunyoning eng yirik avtomobilsozlik kompaniyalari koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilning birinchi yarmida umumiy hisobda 250 mlrd dollar yo‘qotdi. Bu haqda Dow Jones xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dunyoning eng yirik ikkita avtomobil kompaniyasi Toyota Motor Corp. va Volkswagen AG eng katta yo‘qotish qayd qilgan.
“Toyota 35,45 mlrd dollar yo‘qotgan, Volkswagen tushumi esa 6 oy ichida 2019 yilning shu davridagiga nisbatan 34,14 mlrd dollar kamroq bo‘lgan. Fransiyaning Renault SA kompaniyasi tushumi 11,35 mlrd dollarga kamaygan, sof zarari esa rekord qiymatdagi 8,63 mlrd dollarni tashkil qilgan”, deyilgan xabarda.
AQSH avtomobilsozlik kompaniyalari ham pandemiya ortida zarar ko‘rgan.
Ford Motor Co., General Motors Co. va Fiat Chrysler Automobiles NV kompaniyalari umumiy hisobda 69,3 mlrd dollar zarar ko‘rgan. Bunda eng ko‘p yo‘qotish Ford ulushiga to‘g‘ri kelgan. Tesla tushumi esa aksincha 1 mlrd dollarga ko‘paygan.
Ma’lum qilinishicha, avtomobilsozlik kompaniyalari birinchi yarim yillikdagi qiyin vaziyatga qaramay, ikkinchi yarim yillikka katta umid bog‘lashmoqda.
“Ko‘plab avtomobil kompaniyalari uchun Xitoy bozori jadallashgani ijobiy signal hisoblanadi. Bu yerda iyulda yo‘lovchi avtomobillari savdosi yillik hisobda 8,5 foizga o‘sgan”, deyilgan xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi