18:45 / 06.09.2020
3 455

2000 soatda yig‘ilgan 6 g‘ildirakli syorferlar uslubidagi yuk mashinasi namoyish etildi (foto)

2000 soatda yig‘ilgan 6 g‘ildirakli syorferlar uslubidagi yuk mashinasi namoyish etildi (foto)
Foto: Brown Truck Group
Yuk mashinalari texnikasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi Nyu-Jersidagi Brown Truck Group firmasi o‘zi yaratgan mashinani sotuvga qo‘ydi: «Vudi» nomli International Lonestar. 1933—1935 yillardagi syorferlar uslubida yaratilgan Woody Wagon xot-rodi kabi ko‘rinishga ega uchta o‘qli yuk mashinasini yaratish uchun 2000 soat vaqt sarflangan. Uning narxi 375 ming dollarni tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.

Mashina «Vudi» nomini (wood — daraxt) ushbu materialdan o‘z ekstereri va intererida ko‘p foydalangani uchun olgan: yuk mashinasi yon oynalari 10 qavatdan ortiq lak surtilgan zarangdan ishlangan. Olti g‘ildirakli yuk mashinasining uzunligi 8 metrga yetadi, og‘irligi esa 9 tonnadan ortiq.

«Vudi» quvvati 400 dan ortiq ot kuchiga teng 15 litrli Cummins dizel dvigateli yordamida harakatga keladi, u to‘qqiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi orqali boshqariladi.

Foto: Brown Truck Group
Yuk mashinasi zamonaviy avtomobillardan kam jihozlanmagan: haydovchi va yo‘lovchilar ixtiyorida Apple CarPlay’ni qo‘llab-quvvatlovchi multimedia tizimi, stakan qo‘ygichlar, planshet qotirgich, shuningdek, har bir o‘rindiqda rozetka mavjud.

Bundan tashqari, mashina jamlanmasidan kalitsiz o‘t oldirish, tashqi oynalarni isitish, to‘rtta kamera, atrofdagi harakatni monitoring qilish, shuningdek, tezlikdan ogohlantirishda tizimiga ega bo‘ladi. Tom qismida syorfing qotirish uchun doska, shu bilan birga, yig‘ma zina mavjud.

Foto: Brown Truck Group
Vudi-karlar AQSHdan o‘tgan asrlarda mashhurlikka erishgan. Biroq yog‘och materiallarning samarasizligi sabab moda tezda yo‘qqa chiqqan.

Foto: Brown Truck Group

Foto: Brown Truck Group

Foto: Brown Truck Group

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 2000 soatda yig‘ilgan 6 g‘ildirakli syorferlar uslubidagi yuk mashinasi namoyish etildi (foto)