Foto: Hyundai
Hyundai kompaniyasi o‘z lineykasidagi eng kichkina elektrokarni — Hyundai 45 konseptining bolalar uchun mo‘ljallangan modifikatsiyasini yaratdi. Elektromobil ikkita elektrodvigatel bilan jihozlangan va emotsional-adaptiv boshqaruv tizimi orqali harakatga keladi, deb xabar beradi Motor.
Mitti avtomobilning tashqi ko‘rinishi Hyundai 2019 yili Frankfurtdagi avtosalonda taqdim etgan to‘liq o‘lchamli 45 shou-karidan ko‘chirilgan.
Hozircha o‘z nomiga ega bo‘lmagan mini-versiya retro uslubdagi burchaksimon kuzov va xuddi suratdagiga o‘xshash optikaga ega. To‘liq o‘lchamli modeldan farqli o‘laroq 45 kuzovi yog‘ochdan ishlangan va tom qismi olib tashlangan, salonida bitta o‘rindiq joylashgan.
Elektrokar o‘zgarmas tok bilan ta’minlovchi ikkita elektrodvigatel yordamida soatiga 7 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Kichkina avtomobil bir marta quvvatlanish orqali qancha masofa bosishi hozircha noma’lum — hali u sertifikatsiya sinovidan o‘tkazilishi kerak. Hyundai matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, «haydovchi sxemasi yordamida» harakatlanish uzoqligini qo‘shimcha ravishda oshirish mumkin bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi