21:35 / 10.11.2020
3 943

G‘ildiraklardagi hashamat yoxud Lionel Messi qanday mashinalarda yuradi?

G‘ildiraklardagi hashamat yoxud Lionel Messi qanday mashinalarda yuradi?
Barchamizga ma’lumki, dunyoga mashhur sport, xususan futbol yulduzlari hashamatli hayot kechirishni yaxshi ko‘radi: ko‘rkam uylarni xarid qilish, xususiy samolyotlardan foydalanish hamda qimmat va eksklyuziv avtomobillar kolleksiyasini yig‘ish. Zamonamizning eng yaxshi futbolchilaridan biri Lionel Messi ham bundan aslo mustasno emas. Keling, unda uning garajiga nazar tashlab, argentinalik dahoning qaysi avtomobil modellarini afzal ko‘rishini bilib olamiz.

Ferrari F430 Spider

Foto: Ferrari
Argentinalikning sportkarlaridan biri Ferrari F430 Spider deb nomlanadi. Mashina Messining iltimosiga binoan, kul rangga bo‘yalgan va ustaxonada qo‘shimcha detallar bilan bezatilgan. F430 ning bazaviy narxi 186 ming dollardan oshadi, ammo ta’mirlash ishlari bilan Lionelga ushbu model 250 ming dollarga tushgani taxmin qilinadi.

Ferrari 335 S Spider Scaglietti

Foto: Ferrari
Aftidan, Messining italyan brendga ishqi tushgan ko‘rinadi. Darhaqiqat, 2016 yilda «Barselona» hujumchisi dunyodagi eng qimmat Ferrari egasiga aylangandi. Messi ushbu mashina uchun 34,5 million dollar to‘lagan. Ha, to‘g‘ri o‘qidingiz, 34,5 million dollar!

Hatto ispan nashrlari nodir avtomobil uchun kim oshdi savdosida Krishtianu Ronalduning unga raqiblik qilgani haqida yozgandi. Agar haqiqatan ham shunday bo‘lsa, biz bundan sira ham ajablanmaymiz.

Range Rover Vogue

Foto: Google Photos
Ushbu yo‘ltanlamas o‘zining tashqi fasoni va sezilarli darajada kattaligi bilan e’tiborni o‘ziga jalb etadi. Uning narxi 150 ming dollardan oshishi ta’kidlanadi.

Messi kundalik hayotda doimiy ravishda aynan ushbu Range’dan foydalanishni afzal ko‘radi. Bu ajablanarli emas, boisi mazkur model o‘zining qulayligi va kengligi bilan bemalol maqtanishi mumkin.

Maserati Granturismo MC Stradale

Foto: Google Photos
Mashinada 4,2 litrli V8 dvigateli mavjud bo‘lib, u o‘z sinfidagi eng qudratlisi hisoblanadi. Mashinani futbolchi 2011 yilda xarid qilgan. Sport avtomobilining minimal qiymati hozirda 173 ming dollarni tashkil qiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Messi uni keyinchalik do‘stiga sovg‘a qilib yuborgan, chunki argentinalikning rafiqasi Lionelning YTHga uchrab qolishidan xavotirlana boshlagan.

Mini Cooper S Cabriolet

Foto: Google Photos
Ushbu o‘ziga xos miniatyuraga ega bo‘lgan avtomobil Messining garajidagi birinchilardan hisoblanadi. Hozirda uni 30 ming dollar atrofidagi summaga sotib olish mumkin. «Barselona» hujumchisiga kichik klassik ingliz avtomobili o‘zining tashqi fasoni bilan yoqqan. Mini Cooper o‘lchami bilan maqtana olmasa ham soatiga 220 km/tezlikda harakatlana oladi.

Dodge Charger SRT8

Foto: Dodge
Ushbu mashina uchun Messi, taxminan, 80 ming dollar to‘lagan, Amerika maslkari 470 ot kuchiga ega motor va ajoyib dinamik xususiyatlari bilan ajralib turadi. O‘z davrining eng mashhur mashinalaridan biri o‘z davrining eng mashhur futbolchisining garajida saqlanmoqda.

Audi Q7

Foto: Audi
Ushbu 90 ming dollarlik «toychoq» Messiga «Barselona» homiysi Audi tomonidan sovg‘a qilingan. Futbolchi avtoulovni rafiqasi va bolalari bilan shahar bo‘ylab oilaviy sayohat qilish uchun ishlatadi. Buning uchun esa u yetarli darajada ideal mashina hisoblanadi.

Cadillac Escalade

Foto: Cadillac
Oilaviy sayohatlar uchun mo‘ljallangan yana bir model. Argentinalikning avtoparkidagi mazkur avtomobil narxi 55 ming dollarga teng. Lionel uni yaqindagina sotib olgan. O‘zining bo‘yi unchalik uzun bo‘lmasa-da, Messining katta o‘lchamdagi mashinalarni yoqtirishi kishini ajablantiradi.

Toyota Prius

Foto: Soccer Laduma
Bu hujumchining parkidagi eng noodatiy avtomobil bo‘lib, modelning o‘ziga xos xususiyati uning elektromobil ekanligi. Bozor qiymati 20 ming dollar bo‘lgan avtomobil Messiga Toyota tomonidan sovg‘a qilingan. Leo ko‘p ham ushbu mashinani boshqarmaydi. Shunga qaramay, u juda yaxshi ko‘rinishga ega.

Audi R8

Foto: Audi
Leo ushbu Audi uchun naq 200 ming dollardan voz kechgan. Mashina tezligini 4 soniya ichida 100 km/soatgacha ko‘tarishi mumkin, shuningdek, 550 ot kuchiga ega motor har qanday mashina shaydosini o‘ziga jalb qila oladi. Messi nima uchun uni sotib olishga qaror qilgani endi tushunarli bo‘ldi.

Audi R8 GT

Foto: Google Photos
Ushbu sport modeli Audi R8 bilan bir xil yuqori tezlikka ega, ammo bu yerda asosiy farq avtoulovning qo‘zg‘alishida – agar Messi pedalni maksimal darajada bosadigan bo‘lsa, u holda uning spidometridagi ko‘rsatkich atigi 3,6 soniyada 100 belgisiga yetadi. Aftidan, Leo maydondagi kabi, mashinalarda ham tezlikni afzal biladi. Shu bois ham u ushbu avtomobil uchun 400 ming dollarning bahridan kechib yuborgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » G‘ildiraklardagi hashamat yoxud Lionel Messi qanday mashinalarda yuradi?