Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalarini yollash va ijaraga berish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, elektromobillar va mototransportlardan foydalanish, shuningdek, velosipedda mamlakat bo‘ylab harakatlanishni rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
2021 yil 10 yanvardan boshlab karshering tashkilotlariga notarial rasmiylashtirmasdan va ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan yo‘lovchilar avtotransporti va mototransport vositalarini jismoniy va yuridik shaxslarga 30 kungacha muddatga qisqa muddatli ijaraga berish huquqi beriladi.
Belgilanishicha:
- karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalari Transport vazirligi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan talablarga muvofiq maxsus taniqlik belgiga ega bo‘lishi shart;
- avtomototransport vositalarini qisqa muddatli ijaraga berish bo‘yicha faoliyat Iqtisodiy faoliyat turlarining umumdavlat tasniflagichiga kiritiladi.
Ichki ishlar vazirligi:
a) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning mavjudligini aniqlash maqsadida karshering tashkilotlariga Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasining “Ma’muriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kirish imkoniyati taqdim etilishini ta’minlaydi;
b) karshering tashkilotlaridan avtomototransport vositalarini ijaraga olgan shaxslar tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Ma’muriy amaliyot” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tezkorlik bilan kiritish bo‘yicha ishlarni kuchaytiradi;
v) Transport vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
- qoidabuzar mijozlarning xatti-harakatidan, shu jumladan ular tomonidan yo‘l harakati qoidalari buzilganligi uchun karshering tashkilotlarining huquqlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish;
- karshering tashkilotlarining avtomototransport vositalarini to‘xtash joylariga yetkazish, joylashtirish va saqlash sharoitlarini yaratish.
Xalqaro amaliyotga muvofiq, jismoniy shaxslarga, shu jumladan chet el fuqarolariga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish faoliyati karshering deb e’tirof etiladi.
Bunda avtomototransport vositalari ularni ijaraga va prokatga berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lishi, shuningdek, keyinchalik uchinchi shaxslarga avtomototransport vositalarini ijaraga va prokatga berish xizmatlarini ko‘rsatish uchun jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi?
O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun ayrim ma’muriy javobgarliklar bekor qilinadi
Xitoylik hakerlar AQSHdagi 150 nafar siyosatchi ortidan josuslik qilgan bo‘lishi mumkin
Germaniyalik fermerning sigiri to‘rtta buzoq tug‘di
Rossiya Buyuk Britaniya diplomatiga qarshi keskin chora qo‘lladi