20:00 / 02.01.2021
4 097

Moskvada 30 yildan buyon 2 ming kilometrgina yo‘l bosgan «GAZ 24-12» topildi (foto)

Moskvada 30 yildan buyon 2 ming kilometrgina yo‘l bosgan «GAZ 24-12» topildi (foto)
Kadr: YouTube
YouTube’dagi «Retrorembaza» kanali blogerlari Moskvada 2 ming kilometr yo‘l bosgan qariyb yangi «GAZ 24-12»ga duch keldi. Avtomobil 1990 yilda ishlab chiqarilgan universal yorqin sarg‘ish rangli salonga ega bo‘lib, 20 yil davomida quruq garajda saqlangan, deb xabar beradi Motor.

Sobiq Ittifoqda universal kuzovidagi «Volga» kamdan kam hollarda jismoniy shaxslarga sotilgan: ikki hajmli model taksoparklar, tibbiyot muassasalari va kuch tuzilmalari uchun mo‘ljallangan. «GAZ 24-12»ning birinchi egasi yuqori martabali harbiy bo‘lgani sabab uni 1990 yilning yozida sotib olgan.

Kadr: YouTube
Mashina egasi muntazam xizmat mashinasidan foydalangani sabab 1990 yildan 1999 yilga qadar «Volga»dan deyarli foydalanilmagan; erkak nafaqaga chiqqanidan so‘ng zamonaviy va tejamkor «inomarka» sotib olgani sabab «GAZ 24-12» garajda qolib ketgan.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube
Deyarli yurmagani va yaxshi saqlangani sabab «Volga» ideal holatda qolgan; mashina original shinalarini, hujjatlari va sovet davriga tegishli raqamlarini saqlab qolgan, kuzovi antikor bilan qoplangan. Uzoq vaqt o‘tgani sabab eshiklari rezinasi qurib qolgan, texnik suyuqligini almashtirish kerak, biroq avtomobilning qolgan jihatlari minimal xarajat talab etadi.

Avvalroq Rossiyada 30 yillik «Volga» yangi Kia narxida sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kadr: YouTube

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Moskvada 30 yildan buyon 2 ming kilometrgina yo‘l bosgan «GAZ 24-12» topildi (foto)