17:07 / 30.01.2021
2 947

Rossiyada mitti Heinkel Tur 154 avtomobili yangi Tracker narxida sotuvga qo‘yildi (foto)

Rossiyada mitti Heinkel Tur 154 avtomobili yangi Tracker narxida sotuvga qo‘yildi (foto)
Foto: «Auto.ru»
«Avto.ru» saytida noyob Heinkel Tur 154 avtomobili sotuvga qo‘yilgani to‘g‘risida e’lon paydo bo‘ldi. Sotuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu Rossiya hududidagi yagona nusxa bo‘lishi mumkin, u 1958 yilda ishlab chiqarilgan va Yevropada restavratsiya qilingan. Mitti avtomobil 1,850 million rublga (24 ming dollar) baholanmoqda, bu pulga O‘zbeksitonda yangi Chevrolet Tracker xarid qilish mumkin.

Ishlab chiqarilganiga 63 yil bo‘lgan avtomobil hozirga qadar 27 528 kilometr yo‘l bosgan. Mashina 10 ot kuchiga ega 0,2 litrli dvigatel yordamida harakatga keladi. Agregat mexanik uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Bu kabi agregat yordamida mashina soatiga 90 kilometrgacha tezlikda harakatlanishi mumkin.

Foto: «Auto.ru»
Heinkel Tur 154 kuzovi to‘q qizil rangga bo‘yalgan, saloni esa qizil chigillari bor oq charm bilan qoplangan. Avtomobilning eshigi bitta va u old ustunda joylashgan, xuddi mashhur BMW Isetta’dagi kabi.

Uzunligi, eni va balandligi mos ravishda 2550, 1370 va 1320 millimetr bo‘lgan avtomobilning og‘irligi 243 kilogrammni tashkil etadi.

Foto: «Auto.ru»
Modelning uch va to‘rt g‘ildirakli versiyalarini ishlab chiqarish bilan Ernst Xeykel tomonidan asos solingan Heinkel Flugzeugwerke aviasozlik kompaniyasi shug‘ullangan. 1958 yilda ishlab chiqarish tugatilgan, Buyuk Britaniyada esa mashinalarni 1996 yilga qadar Trojan markasi ostida ishlab chiqarish davom etgan. Heinkel modellardan jami 11 975 nusxa yig‘ilgan.

Foto: «Auto.ru»

Foto: «Auto.ru»

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rossiyada mitti Heinkel Tur 154 avtomobili yangi Tracker narxida sotuvga qo‘yildi (foto)