23:13 / 04.02.2021
2 932

Xitoyda Range Rover’ning originalidan deyarli farq qilmaydigan nusxasi 10 barobar arzonroq narxda sotilmoqda

Xitoyda Range Rover’ning originalidan deyarli farq qilmaydigan nusxasi 10 barobar arzonroq narxda sotilmoqda
Foto: Facebook / Car News China
Xitoyning Xubey provinsiyasidagi zavodlarning birida Britaniyaning Range Rover avtomobillarning «egizagi» Hunkt Canticie ishlab chiqarilmoqda. Tashqi ko‘rinishi bilan Xitoy yo‘ltanlamasini haqiqiysidan ajratish qiyin, biroq aslida ular bir-birdan sezilarli darajada farq qiladi, deb xabar beradi CARakoom.

Tashqi ko‘rinishi bilan Range Rover’ga yanada o‘xshashi uchun Xitoy yo‘ltanlamasi kuzovi va saloniga «Renj»ning emblemalari o‘rnatilgan — bularning barchasi 20 dollar atrofida bo‘lgan.

Aslini olganda seriyali Hunkt Canticie’larga hech qanday Range Rover logotiplari o‘rnatilmaydi. Shunga qaramay, ikki yo‘ltanlamas o‘lchami bo‘yicha «qarindosh» va old tomondan qaraganda deyarli bir xil.

Foto: Facebook / Car News China
Orqa qismiga kelganda esa xitoyliklar Discovery V fonarlaridan foydalanishga qaror qilgan. Salon esa Hunkt Canticie yaratuvchilarining ijodi, hech kimdan «qarzga olinmagan».

Foto: Facebook / Car News China

Foto: Facebook / Car News China
«Osiyo Renji» 218 ot kuchiga (370 Nm) ega 2,0 litrli turbomotor yordamida harakatga keladi. Yo‘ltanlamas soatiga 100 kilometr tezlikka 9,2 soniyada erishadi, maksimal tezligi — 185 km/soat.

E’tiborli jihati, Hunkt Canticie o‘zining dunyoga mashhur «akasidan» qariyb 10 barobar arzon turadi. Modelning Xitoy analogini 24 ming AQSH dollariga xarid qilish mumkin (originalining narxi kamida 188 ming dollardan boshlanadi).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda Range Rover’ning originalidan deyarli farq qilmaydigan nusxasi 10 barobar arzonroq narxda sotilmoqda