Foto: EHang
Xitoyning EHang Holdings Limited kompaniyasi ikki o‘rindiqli EH216 avtonom aerotaksisining birinchi parvoziga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. Tarixda birinchi bor bortida odam bo‘lmagan uchish apparati shahar uzra parvoz qildi, deb yozadi Motor.
EHang’dagilarning ta’kidlashicha, 2021 yilning fevralida bir vaqtning o‘zida ikkita EH216 AAV («avtonom havo avtomobili») Pekindagi muzlab qolgan Yansi ko‘li uzra beshta parvozni amalga oshirgan. Sinovlar Selsiy bo‘yicha -14 daraja sovuqda o‘tkazilgan. Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, sovuqda o‘tkazilgan testlar aerotaksi xavfsizligi va ishonchliligini namoyish etishga yordam bergan.
Umumiy hisobda EH216 AAV dunyoning 8 mamlakati va 42 ta shahrida 10 mingdan ortiq sinov parvozlarini amalga oshirgan, jumladan, bortida yo‘lovchilar bilan birga ham. Dron-taksilar nafaqat sovuqda, balki jazirama sahroda, tuman va hatto to‘fon vaqtida ham sinovdan o‘tkazilgan.
Havo mobilligi sohasidagi ixtirolarga ixtisoslashgan EHang Pekin uzra sinov parvozini qo‘lga kiritgan birinchi kompaniya hisoblanadi. U sinovlarni davom ettiradi va uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalarni ommaviy ishlab chiqarishga tayyorgarlik ko‘radi, biroq buning uchun hali regulyatorning ruxsati kerak bo‘ladi.
EH216 AAV aerotaksisini yaratish ustidagi ishlar 2018 yilda boshlangan. U sakkizta vintli ikki o‘rindiqqa ega avtomobil bo‘lib, uzunligi 5,6 metrni tashkil etadi, eni va balandligi — 1,8 metrdan. Dronning maksimal tezligi soatiga 130 kilometr, parvoz uzoqligi cheklangan — 35 kilometr. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Maldiv orollari turistlardan undiriladigan soliqlarni keskin oshiradi