Foto: Topgear
Porsche kompaniyasi o‘zining flagman elektromobilining yangi versiyasi — Taycan Cross Turismo’ni taqdim etdi. Bu to‘liq uzatmali yo‘ltanlamas elektrouniversal hisoblanadi. Shuningdek, Porsche premium-klassga oid ikkita elektrovelosiped — eBike Sport va eBike Cross’ni ham namoyish etgan, deb yozadi «Afisha.uz».
Porsche eBike Sport va eBike Cross
Velosipedlarga Shimano EP8 dvigatellari o‘rnatilgan bo‘lib, ular soatiga 25 kilometr tezlikkacha harakatlana oladi. Porsche eBike ramasi 120 kilogrammgacha ishchi yukni ko‘tarishga qodir.
Foto: Topgear
eBike Sport modeli uzatmalarni elektr almashtirish tizimi, yorug‘lik diodli faralar bilan jihozlangan va shahar sharoitida kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan. eBike Cross o‘n ikki pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi, issiqbardoshli gidravlik diska tormozlari va rul qismida rangli displeyga ega. U o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda ham harakatlana oladi.
Foto: Topgear
Ikkala model ham 2021 yilning kuzida sotuvga chiqadi. Porsche eBike Sport narxi rasman 10,7 ming dollarni, eBike Cross esa 8549 dollarni tashkil etadi.
Taycan Cross Turismo
Elektromobil Taycan sedani bazasida qurilgan besh eshikli kuzovga ega. Yangi modelning old yukxonasi sig‘imi 84 litrni, orqasi esa 446 litrni tashkil etadi. Porsche Taycan Cross Turismo’ning barcha jamlanmasi ikkita elektromotor va 93,4 kilovatt-soatli Performance Plus batareyalari bilan jihozlangan. Bir marta quvvatlanish orqali mashina 388—395 kilometr masofa bosa oladi.
4 Cross Turismo’ning bazaviy modeli standart rejimda 380 ot kuchini, Launch Control faol tizimida esa 476 ot kuchini taqdim etishga qodir. 4S Cross Turismo versiyasi esa kuchliroq: 490 ot kuchican 571 ot kuchigacha. 4 Cross Turismo soatiga 100 kilometr tezlikka 5,1 soniyada, 4S Cross esa 4,1 soniyada erishadi.
Foto: Topgear
Taycan Cross Turismo quvvati 625 ot kuchiga ega motor bilan jihozlanadi va u dastlabki 100 kilometr tezlikka 3,3 soniyada erishadi. Eng kuchli Taycan Cross Turismo — Turbo S versiyasiga 625 ot kuchini taqdim etishga qodir motor o‘rnatiladi va u 100 kilometr/soatga 2,9 soniyada erishadi.
Haydovchi va yo‘lovchi qulayligi uchun avtomobil Apple CarPlay, adaptiv kruiz-nazorat, harakat yo‘nalishini ushlab turish funksiyasi, proyeksion displey, 14 yo‘nalishdagi massaj o‘rindiqlari va Bose hamda Burmaster audiotizimlarni qo‘llab-quvvatlaydi.
Porsche Taycan Cross Turismo 2021 yilning yozida sotuvga chiqadi. Yevropada rasmiy narxi 93,6 ming yevrodan boshlanadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi