16:30 / 28.04.2021
3 156

Farg‘onada elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda


Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
«Farg‘ona» kichik iqtisodiy zonasida elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Prezident raisligida 27 aprel kuni erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilindi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».

Rejaga ko‘ra, loyihani amalga oshirish bilan Central Asia Ceramic kompaniyasi (keramik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi) shug‘ullanadi. Qiymati 520 milliard so‘mga baholangan ob’ektni 2021 yilning noyabrida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 30 mingtani tashkil etadi, ishchilar o‘rni — 350 ta.

2019 yilning sentabrida Prezident Farg‘ona viloyatidagi «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurgan edi. O‘shanda «Shaffof omadli sanoat» xususiy korxonasi 2021 yildan boshlab Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda elektromobillar ishlab chiqarishni boshlashi ma’lum qilingandi. Elektromobillar narxi 3000 dollarga baholangan. Biroq hozirga qadar loyiha haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda O‘zbekiston 2,9 million dollarlik 131 dona, 2021 yilning dastlabki 3 oyida 91 dona elektromobil import qilgan.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda elektromobillar importi uchun imtiyozlar amalda — ular uchun boj va aksiz solig‘i to‘lanmaydi. Faqatgina tegishli yig‘imlar va QQS to‘lanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Farg‘onada elektromobillar yig‘ishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda