
Senat Yalpi majlisida ma’qullangan qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-6-moddasidagi (transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik) jarima miqdori BHMning 3 baravaridan (735 ming so‘m) 2 baravariga (490 ming so‘m) qisqarmoqda.
Shuningdek, takroran sodir etilgan noto‘g‘ri «parkovka» uchun oshib boruvchi miqdordagi jarima solish tartibi ham bekor qilinmoqda.
Ya’ni ilgari bir marta jarima qo‘llangandan keyin 1 yil ichida yana takroran sodir etilsa 3 mln 675 ming so‘mgacha jarima solinar edi.
Endi necha marta qoida buzilganidan qat’i nazar bir xil - BHM 2 baravari (490 ming so‘m) miqdorida jarima solinadi.
Qonun Prezident tomonidan imzolangach, e’lon qilingach kuchga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar