«Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5108-son, 07.05.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxirigacha avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Bunda:
- yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
- litsenziya varaqasi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga «Litsenziya» axborot tizimi orqali beriladi;
- avtomobilda yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar «Akkreditatsiya markazi» DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;
- yakka tartibdagi tashuvchilar litsenziyaga ega korxonalarda hamda yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
- yakka tartibdagi tashuvchilarga yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
- 2021 yil 1 sentabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;
- yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
- yakka tartibdagi tashuvchilar qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 3 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada to‘laydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Putin «Oreshnik» raketalari qurollanishga qabul qilinishi va seriyali ishlab chiqarilishini e’lon qildi