12:20 / 17.05.2021
2 984

Avtomobilda yo‘lovchi tashishni soddalashtirish maqsadida eksperiment o‘tkaziladi


«Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5108-son, 07.05.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021 yil 15 maydan 2022 yil oxirigacha avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solishni soddalashtirish bo‘yicha eksperiment o‘tkaziladi. Bunda:
- yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransportlarda tashish yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi;
- yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransportlarda tashish litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi;
- litsenziya varaqasi 21 yoshga to‘lgan va boshqaruvida arizani berish vaqtida 10 yildan ortiq bo‘lmagan vaqt davomida ekspluatatsiya qilinayotgan avtomobil mavjud bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga «Litsenziya» axborot tizimi orqali beriladi;
- avtomobilda yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanadigan yakka tartibdagi tadbirkorlar «Akkreditatsiya markazi» DUKda akkreditatsiyadan o‘tgan texnik xizmat ko‘rsatish stansiyalarida 6 oyda kamida 1 marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart;
- yakka tartibdagi tashuvchilar litsenziyaga ega korxonalarda hamda yo‘lovchi tashuvchilarga mijozlarni izlash bo‘yicha interaktiv xizmatlarni ko‘rsatuvchi tadbirkorlar (agregatorlar) tomonidan tashkil qilingan maxsus tekshiruv punktlarida oylik tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart;
- yakka tartibdagi tashuvchilarga yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish faoliyati doirasida xodimlarni ishga yollashga ruxsat etilmaydi;
- 2021 yil 1 sentabrgacha yakka tartibdagi tashuvchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi;
- yakka tartibdagi tashuvchilardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji yiliga BHMning bir barobari miqdorida undiriladi. Bunda davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi;
- yakka tartibdagi tashuvchilar qat’iy belgilangan miqdorda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini 3 tonnagacha yuk ko‘tarish imkoniyatiga ega avtomobil transportida yuklarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan stavkada to‘laydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobilda yo‘lovchi tashishni soddalashtirish maqsadida eksperiment o‘tkaziladi