21:55 / 02.06.2021
2 679

Beyonse va Jay-Z cheklangan nusxa yaratilgan hashamatli avtomobilni xarid qildi


Foto: PeopleTalk
Yulduzli juftlik qo‘shiqchi Beyonse va reper Jay-Z dunyodagi eng qimmat mashina egasiga aylandi. Cheklangan uch nusxada yaratilgan model Rolls-Royce markasiga tegishli, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Boat Tail kabrioletining narxi 28 million dollarni tashkil etadi. Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, model Rolls-Royce’ning «hashamatli buyumlarni yaxshi ko‘radigan» mijoz-sheriklari uchun yaratilgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu modelni yaratishda 1800 dan ortiq yangi ehtiyot qismlardan foydalanilgan. Mashina qadimiy shampan vinosini saqlashga mo‘ljallangan ikkitalik muzlatkich, piknik jamlanmasi va quyoshdan himoya qiluvchi soyabonlar bilan jihozlangan.

Foto: Getty Images
Ushbu mashina buyurtmachi mijozlar bilan hamkorlikda bir necha yil davomida yaratilgan bo‘lib, Rolls-Royce direktori Boat Tail’ni kompaniyaning «eng shuhratli loyihasi» deb atagan.

«Mazkur fantastik avtomobil Beyonse va Jay-Z tomonidan buyurtma qilingan bo‘lib, undagi barcha detallar ularning sevimli buyumlariga mos keladi. Xususan, yulduzli juftlikning qizini ismida ramziy ko‘k rangi mavjud — Blu Ayvi», — deydi insayder.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Beyonse va Jay-Z cheklangan nusxa yaratilgan hashamatli avtomobilni xarid qildi