00:01 / 06.06.2021
3 523

Vetnamlik bloger o‘g‘li uchun yog‘ochdan harakatlanadigan Lamborghini Sian yasadi (video)


Chiong Van Dao ismli vetnamlik bloger o‘zining YouTube’dagi kanaliga Lamborghini Sian’ning yog‘ochdan nusxasini yaratish jarayoni tasvirlangan videorolikni joylaydi. Usta elektromotor, akkumulator batareyalari va funksional transmissiyaga ega superkar nusxasini o‘g‘li uchun yaratgan, deb xabar beradi Motor.

E’lon qilingan videorolikka bloger 65 kunlik mehnatini joylashtirgan. Turli duradgorlik asbob-anjomlari, shuningdek, silliqlovchi mashina va benzopiladan foydalangan holda usta haqiqiy Lamborghini Sian’ning kuzovini nusxasini yasashga muvaffaq bo‘lgan. Erkak yog‘och platformaga haqiqiy transmissiya, aloqa uzatmalarini o‘rnatgani sabab yog‘och mashinaning eshiklari bitta tugmani bosish orqali ochila boshlagan.

Keyingi bosqichda bloger old oyna, yorug‘lik diodli old optika, shuningdek, orqani ko‘rishga mo‘ljallangan ko‘zgu va tepkilarni o‘rnatgan. Shundan so‘ng, erkak yog‘och bo‘lagidan rul chambaragi va o‘rindiqni qirqib olgan. Lamborghini’ning asosiy o‘ziga xosligi — elektromotr va akkumulator bloki bo‘lib, uning yordamida o‘yinchoq superkar harakatlana oladi.

Ish yakunlangach, erkak o‘g‘li bilan birga yog‘och superkarda harakatlanishga borgan. Ixcham o‘lchamlar va tezligining yuqori emasligiga qaramay, Lamborghini mahalliy avtomobil yo‘li bo‘ylab hech qanday qiyinchiliksiz harakatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Vetnamlik bloger o‘g‘li uchun yog‘ochdan harakatlanadigan Lamborghini Sian yasadi (video)