Kadr: YouTube
YouTube’dagi «Aylanuvchi moment» kanalida dreg-reysing bo‘yicha uyushtirilgan noodatiy bellashuv videosi e’lon qilindi. Chorak mil masofaga uyushtirilgan poygada dvigatelining quvvati 300 dan 500 ot kuchigacha bo‘lgan oltita nemis «inomarka»si ishtirok etgan. Biroq to‘g‘ri masofaga harakatlanish bo‘yicha g‘oliblikni zavoddagi motoriga ega «Moskvich-2141» qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi Motor.
«Moskvich» kapoti ostida rostdan ham zavoddan chiqqanidagi sakkiz klapanli dvigatel joylashgan bo‘lishiga qaramay, avtomobil egasi bo‘lgan mexanik Vova amaki agregatning modifikatsiyasi ustida yaxshigina ish olib borgan. Muhandis motorga kuchaytirilgan shatunlar, gilsa va porshenlar o‘rnatgan, shuningdek, dvigatelni kuchli turbina bilan jihozlagan. Bundan tashqari, erkak «Moskvich»ga Audi S6’ning transmissiyasi va «podveska»sini o‘rnatgan. Mashina egasi modifikatsiya natijasida to‘liq uzatmali sovet avtomobili qancha quvvatni taqdim etishini oshkor qilmagan.
Musobaqada «Moskvich»ga 300 ot kuchili Mercedes-Benz G-klass, 310 ot kuchili Audi A7, shuningdek, 500 ot kuchiga ega motor o‘rnatilgan Porsche Cayanne, 400 ot kuchili Audi S3 hamda 450 va 500 ot kuchini taqdim etuvchi ikkita BMW M4 qarshilik ko‘rsatgan.
Bu kabi jiddiy kampaniya «Moskvich» egasini tashvishga solmagan. Sovet avtomobili nemis sportkarlariga munosib raqobat ko‘rsatish bilan birga, to‘g‘ri masofaga poygada ulardan o‘zib ketgan. Hatto BMW M4 va Audi S3 finishda «Moskvich»dan o‘tib ketganiga qaramay, Vova amaki keyingi urinishlarda revansh olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi