23:18 / 01.07.2021
3 744

Britaniyalik blogerlar yangi Lada Niva’ni test-drayv vaqtida ko‘lga cho‘ktirib yubordi (video)


Kadr: YouTube
YouTube’dagi The Late Brake Show kanali blogerlari noodatiy test-drayv o‘tkazib, Lada Niva Legend yo‘ltanlamasini sinab ko‘rdi. Avtomobil test-drayvdan «omon» o‘tmagan, britaniyaliklar yo‘ltanlamasni kichik ko‘lga cho‘ktirib yuborgan, deb xabar beradi Motor.

Test-drayvning o‘zi yomon boshlanmagan: blogerlar «Niva» britaniyalik haydovchilar ko‘nikib qolgan biror-bir assistentga ega bo‘lmasa-da, ancha bardoshli ekanligini ta’kidlagan. Ayniqsa, boshlovchi avtomobilni ta’mirlashning osonligini qayd etgan, bu ularga sinovlar oxirida — avtomobil suv ostiga cho‘kib ketganida yordam bergan.

Yerdagi sinovlar vaqtida blogerlar «Niva» suvli to‘siqlarni qanday bosib o‘tishini tekshirishga qaror qilgan. Avvaliga yo‘ltanlamas suvli yo‘lda osonlikcha harakatlangan, keyin esa haydovchi u qadar chuqur bo‘lmagan ko‘lmakdan harakatlanishga qaror qilgan. Natijada mashinaning butun old qismi suv ostiga kirib ketgan va undan mustaqil chiqa olmagan. Shundan keyin ushbu test-drayv mualliflarini asosiy syurpriz kutgan — uzoq vaqt suv ostida bo‘lgan «Niva» o‘t olgan va blogerlarni uyiga qadar eltib qo‘ygan.

Mazkur britaniyaliklar Lada modellarini sinovdan o‘tkazishga qaror qilgan ilk blogerlar emas. May oxirlarida Lada Niva yangi Top Gear shousining yangi sonida suratga tushishi ma’lum bo‘lgandi. Ushbu yo‘ltanlamas 1979 yilda Buyuk Britaniya bozori uchun maxsus ishlab chiqarilgan, bunga uning rul qismi o‘ng tomonda joylashgani isbot bo‘la oladi, suratga olish ishlari uchun model auksionda 350 ming rublga (4,8 ming dollar) sotib olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Britaniyalik blogerlar yangi Lada Niva’ni test-drayv vaqtida ko‘lga cho‘ktirib yubordi (video)