4 158
«Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan». Qoidabuzar Malibu’ni to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yubordi
Kadr: Telegram
Toshkent viloyatida qoidabuzar haydovchini to‘xtatgan YPX xodimi ratsiya orqali «yuqoridan» kelgan buyruq sabab uni qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi. «Toshkent» telekanalining «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvida efirga uzatilgan holatga bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev e’tibor qaratgan.
Videodan ko‘rish mumkinki, o‘zini viloyat YPX xodimi deb tanishtirgan inspektor qora rangdagi Malibu-2 avtomobilini haydovchi xavfsizlik kamarini taqmasdan harakatlangani uchun to‘xtatgan. Xizmat vazifasini bajarib, haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish vaqtida YPX inspektoriga ratsiya orqali aloqaga chiqilgan va Malibu’ni qo‘yib yuborish bo‘yicha buyruq berilgan.
«Telefon qilishdi, qanaqa mashinani ushlab turibsan?.. Qo‘yvor bo‘ldi, ko‘p gapirmasdan. Yaxshi yetvoling deb tushuntirvor», — deydi ratsiya nargi taravidagi ovoz.
YPX inspektori buyruqni bajargan holda Malibu avtomobilining harakatlanishiga ruxsat bergan.
«Har yili yo‘llarda qoidabuzarlar sababli minglab insonlar o‘lmoqda. Va mana shuncha insonning halok bo‘lishiga shunaqa o‘zini qonundan ustun deb biladigan ‘kattakon amaldorlar’ hamda o‘zlari qonunlarni oyoqosti qiladigan yo‘l harakati xavfsizligi rahbarlari ham sababchi. Ha, ha, o‘limlarga aynan sizlar ham sababchisizlar, vijdonsizlar», — deya holatga munosabat bildiradi bloger. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?