Toshkentning Chilonzor tumanida inkuzart taxallusi bilan ijod qilayotgan ko‘cha rassomi Abdurahmon 4 sentabr kuni UzAuto Motors kompaniyasining monopoliyasiga atab strit-art chizgan edi.
Ushbu ijodkor o‘zining Telegram kanali orqali ushbu strit-artning katta qismi o‘chirib tashlanganini ma’lum qildi. Suratdan ko‘rish mumkinki, mashina sotib olishga bo‘lgan uzun navbat ancha "qisqargan".
Ko‘cha rassomining ijod namunasida Chevrolet savdo belgisi ostida avtomobillar ishlab chiqaruvchi UzAuto Motors kompaniyasi monopoliyasiga ishora qilib, mashina olish uchun uzun navbat aks ettirilgan. Shuningdek, navbat boshida turgan insonning qizil bosh kiyimi «shapka» tizimiga ishora qiladi.
5 sentabr kuni strit-artni ohak yordamida o‘chirish boshlangan edi, ammo bu harakat muvaffaqiyatsiz tugagandi. Keyinroq @inkuzart Telegram’dagi kanalida strit-artning katta qismi oq bo‘yoq yordamida o‘chirib tashlangani tasvirlangan fotosuratni e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?