Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—avgust holati uchun 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 50 tani tashkil etgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 21 ta, 2015 yilda esa 42 tani tashkil etgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 2 955 295 tani tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni O‘zLiDePning X qurultoyida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi har 100 ta oilaga 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotgani, «mamlakatimizdagi oilalarning qariyb yarmi o‘zining shaxsiy avtomobiliga ega»ligini ma’lum qilgandi.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar avgust oylarida respublika bo‘yicha 122,4 ming dona yangi yengil avtomobillar, shundan, 6,2 ming dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?