23:57 / 21.09.2021
2 975

O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi
Davlat statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar—avgust holati uchun 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni 50 tani tashkil etgan.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 21 ta, 2015 yilda esa 42 tani tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda jismoniy shaxslarning avtomobillari soni 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 2 955 295 tani tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 9 sentabr kuni O‘zLiDePning X qurultoyida nutq so‘zlagan Shavkat Mirziyoyev hozirgi vaqtda O‘zbekistondagi har 100 ta oilaga 49 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelayotgani, «mamlakatimizdagi oilalarning qariyb yarmi o‘zining shaxsiy avtomobiliga ega»ligini ma’lum qilgandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar avgust oylarida respublika bo‘yicha 122,4 ming dona yangi yengil avtomobillar, shundan, 6,2 ming dona chet elda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga qancha avtomobil to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi