14:00 / 21.10.2021
2 775

Jizzaxda avtomobil sanoati yirik klasteri tashkil etiladi

Jizzaxda avtomobil sanoati yirik klasteri tashkil etiladi
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Jizzax viloyatida saylovchilar bilan uchrashmoqda. Amaldagi davlat rahbari viloyatda avtosanoat bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lum qildi.

— Hisob-kitoblarimizga ko‘ra, iqtisodiyot va aholi daromadlari o‘sishi tufayli, hozirgi kunda avtomobilsozlik mamlakatimiz sanoatining eng yirik tarmoqlaridan biriga aylandi.

Kelgusi besh yilda, aholimizning avtomobillarga bo‘lgan talabi, yiliga 500-600 mingga yaqin bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, ushbu sanoat tarmog‘i qishloq xo‘jaligi, qurilish, kommunal kabi sohalar uchun ham texnika va asbob-uskunalar ishlab chiqaradi.

Shuni inobatga olib, Jizzax viloyatida avtomobil sanoati yirik klasteri tashkil etiladi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lum qilinishicha, ushbu klaster, tayyor avtomobil va butlovchi qismlar ishlab chiqarish, konstruktorlik, logistika, kadr tayyorlash sohalarini qamrab oladi.

Jumladan, Jizzax shahri, Paxtakor va Sharof Rashidov tumanlarida 500 million dollarlik 60 ta loyiha amalga oshirilib, ham avtomobil, ham butlovchi qismlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, mahalliylashtirish 60 foizga yetkaziladi.

Sharof Rashidov tumanida qiymati 100 million dollarlik loyiha hisobiga, avtomobillar uchun kuzov panellari, plastik qismlar, o‘rindiqlar, yoqilg‘i baklari va boshqa butlovchi hamda ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Amerika va Yevropa nufuzli injiniring kompaniyalari bilan birga, viloyatda tajriba-konstruktorlik va dizaynerlik markazi tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Jizzaxda avtomobil sanoati yirik klasteri tashkil etiladi