Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati Ahmad Donish, Sebzor va Nurafshon ko‘chalari kesishmasida transport harakatini tashkil etishning yangi sxemasi haqida reportaj e’lon qildi, deb xabar beradi «Gazeta.uz».
Chorrahaning asosiy prinsipi — «harakat faqat to‘g‘riga». O‘ngga burilish uchun 50-100 metrlik ikki qator yo‘l («karmashka») tashkil etilgan. Chapga burilish uchun esa Nurafshon ko‘chasidan svetoforli maxsus yo‘nalishlar, Ahmad Donish va Sebzor ko‘chalaridan esa aylanma yo‘llar va ortga qayrilish qatoridan o‘tuvchi harakat yo‘llari ajratilgan.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Reportajda aytilishicha, shahardagi aksariyat chorrahalarda mashinalar to‘g‘riga, o‘ngga yoki chapga va ba’zi hollarda hattoki ortga qayrilib olish mumkin, bu esa transport vositalarining to‘planishiga va tirbandlikni keltirib chiqarishga sabab bo‘lmoqda.
Loyiha rahbari Firat Koch intervyuda barcha qo‘shimcha yo‘llar hisobiga endilikda chorrahadan 600-700 taga yaqin avtomobil o‘tishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Svetoforda turgan avtomobillar orasida 8-10 metr masofa mavjud, bu masofa orasidagi chiziqlarda esa 2 tadan (4 chiziqli yo‘lda 8-10 ta) avtomobil joylashishi mumkin. Ta’kidlanishicha, avtomobillarni svetoforga yaqinroq joylash orqali tirbandlikning oldini olish maqsad qilingan.
«Bizning loyihamiz bo‘yicha ushbu chorrahada chapga harakatlanuvchi 1000 ta avtomobil to‘plansa ham, bu yerda tirbandlik hosil bo‘lmaydi. Bunga ishonch hosil qilish uchun biz maxsus dasturlar orqali bu jarayonni hisoblab, tekshirib ko‘rdik», — dedi turkiyalik mutaxassis.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Reportajda, shuningdek, loyihalashtirish ishlari davomida aholi fikri ham inobatga olingani aytilmoqda. Shu kunlarda chorraha atrofida piyodalar yo‘lakchalarini yangilash, yashil hududlarni tashkil etish jarayonlari davom etmoqda. Shu bilan birga, videolavhalarda barcha piyodalar o‘tish joylarida ham xavfsizlik choralari mavjud emasligini ko‘rish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...