14:23 / 20.11.2021
6 132

UzAuto Motors kompaniyasi Captiva 5 uchun "cheksiz uzr" so‘radi

UzAuto Motors kompaniyasi Captiva 5 uchun "cheksiz uzr" so‘radi
UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni to‘xtatishni hamda oldin tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mijozlar pullarini qaytarishini ma’lum qildi.

“UzAuto Motors” AJ rahbariyati va jamoasi o‘z mijozlarimizdan keltirilgan noqulayliklar uchun cheksiz uzr so‘raydi hamda ayni paytdagi vaziyatda mijozlari uchun qayg‘urib, qabul qilingan qarori yagona to‘g‘ri qaror ekanligiga ishonadi.

Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘langan barcha mablag‘lar to‘liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo‘shimcha ravishda oldindan to‘lov summasining 5 foizini kompensatsiya sifatida taqdim etadi
", - deyilgan rasmiy xabarda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra bunday vaziyat kompaniya tarixida birinchi bor yuz bermoqda, hammasiga sabab - umumjahon yarimo‘tkazgichlar tanqisligi.

Oldin Chevrolet Captiva 5 avtomobili uchun mablag‘ kiritgan xaridorlarga kompaniya ularning xohishiga qarab Chevrolet Equinox, Tracker, Malibu, Cobalt yoki TrailBlazer modellarini modellarini xarid qilish imkoniyati taklif qilinadi.

Ma’lumot uchun Chevrolet Captiva 5 atomobillari O‘zbekistonda 2021 yilning sentabr oxirda sotuvga chiqqan edi. UzAuto Motors Meksidaka ishlab chiqariladigan ushbu avtomobilni xaridorlarga 2022 yilning yanvarida yetkazib berishni va’da bergan edi. Chevrolet Captiva 5 modeli narxi 192 milliondan 269 million so‘mgacha deb e’lon qilingan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » UzAuto Motors kompaniyasi Captiva 5 uchun "cheksiz uzr" so‘radi