18:23 / 25.11.2021
3 145

O‘zbekiston bozoriga Xitoyning Chery avtomobillari kirib kelishi kutilmoqda

O‘zbekiston bozoriga Xitoyning Chery avtomobillari kirib kelishi kutilmoqda
Chery Tiggo 7 Pro.
Foto: All Carz

Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi Chery kompaniyasi 2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari Spot’ga ma’lum qilgan.

Dastlab Pro seriyasidagi avtomobillar (Tiggo 8 Pro, Tiggo 7 Pro, Tiggo 4 Pro va Tiggo 2 Pro) sotuvga chiqishi kutilmoqda. Kompaniya aynan qanday modellarni O‘zbekistonga yetkazib bermoqchiligi hozircha noaniq.

Ushbu kompaniya avtomobillari sotiluvchi birinchi avtosalon Toshkentda ochiladi. Keyinchalik kompaniya Chery avtomobillarini mamlakatning yana 7 ta shahrida taqdim etish niyatida.

Chery Automobile Co 1997 yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya avtomobillarni 80 dan ortiq mamlakat va mintaqaga eksport qiladi, Xitoydan tashqarida 10 ta zavod, 1500 dan ortiq chet el dilerlik markazlari va xizmat ko‘rsatish markazlariga ega. So‘nggi 18 yildan buyon Chery yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » O‘zbekiston bozoriga Xitoyning Chery avtomobillari kirib kelishi kutilmoqda