Chery Tiggo 7 Pro.
Foto: All Carz
Xitoyning avtomobil ishlab chiqaruvchi Chery kompaniyasi 2022 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston bozoriga kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda kompaniya vakillari Spot’ga ma’lum qilgan.
Dastlab Pro seriyasidagi avtomobillar (Tiggo 8 Pro, Tiggo 7 Pro, Tiggo 4 Pro va Tiggo 2 Pro) sotuvga chiqishi kutilmoqda. Kompaniya aynan qanday modellarni O‘zbekistonga yetkazib bermoqchiligi hozircha noaniq.
Ushbu kompaniya avtomobillari sotiluvchi birinchi avtosalon Toshkentda ochiladi. Keyinchalik kompaniya Chery avtomobillarini mamlakatning yana 7 ta shahrida taqdim etish niyatida.
Chery Automobile Co 1997 yilda Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya avtomobillarni 80 dan ortiq mamlakat va mintaqaga eksport qiladi, Xitoydan tashqarida 10 ta zavod, 1500 dan ortiq chet el dilerlik markazlari va xizmat ko‘rsatish markazlariga ega. So‘nggi 18 yildan buyon Chery yengil avtomobillar eksporti bo‘yicha Xitoyda birinchi o‘rinni egallab kelmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin