13:25 / 10.12.2021
3 019

Avtomobillarni ijaraga berish osonlashadi

Avtomobillarni ijaraga berish osonlashadi
Qonunchilik palatasi majlisida «O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 565-moddasiga o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilmoqda.

Unda avtomototransport vositalari elektron savdo platformasi orqali ijaraga berilganda, shartnomani notarial tartibda tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda.

Bu kabi shartnomalar oddiy yozma shaklda tuzilishi mumkinligi belgilab berilmoqda.

Deputatlar ta’kidlashicha, qonun loyihasi qabul qilinishi bilan avtomototransport vositalarini ijaraga berish bilan bog‘liq munosabatlar yengillashadi, ijara bozori rivojlanadi. Shuningdek, avtomototransport vositalarini ijaraga berish sohasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining ortiqcha ovoragarchiligining oldi olinadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Avtomobillarni ijaraga berish osonlashadi