08:08 / 22.12.2021
2 463

«Remonti qimmat ekan»: «Tesla» egasi o‘z mashinasini portlatib yubordi

«Remonti qimmat ekan»: «Tesla» egasi o‘z mashinasini portlatib yubordi
Finlyandiyalik bloger Tuomas Kataynen o‘zining «Tesla Model S» elektromobilini portlatib yubordi. Mashina bilan xayrlashish tashlandiq karerda «tantanali tarzda, o‘nlab odamlar ishtirokida bo‘lib o‘tdi. «Tesla» ruliga Ilon Maskning qiyofasidagi qo‘g‘irchoqni o‘tqazib qo‘yishdi.

Kuchli portlash videosi 17 dekabr kuni internetda tarqatildi, biroq 2013 yilda chiqarilgan «Tesla» bilan bog‘liq muammolar Tuomasda ancha oldin paydo bo‘lgandi.

«Tesla»ni sotib olganimdan so‘ng dastlabki 1500 kilometrgacha yaxshi yurdi, ajoyib mashina edi. Keyin esa nuqsonlari chiqishni boshladi», — dedi Kataynen.

Finlyandiyalik oxiri yurishga yaramay qolgan mashinani evakuatorda rasmiy dilerning ustaxonasiga olib bordi, bu yerda elektrokar bir oycha turgan. Bir oy o‘tgach Tuomasga mashinaning kafolat muddati tugaganini, akkumulatorlar blogini almashtirish uchun 20 ming yevro to‘lashi kerakligini aytishadi. Bloger shuncha pulni mashina remontiga sarflagandan ko‘ra, birato‘la uning bahridan o‘tib qo‘ya qolishni ma’qul topdi.

Portlatilgan mashinadan bir uyum temir-tersak qoldi, bloger ularni yig‘ib kerakli joyga topshirishga ketdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » «Remonti qimmat ekan»: «Tesla» egasi o‘z mashinasini portlatib yubordi