Andijon mashinasozlik instituti 3-kurs talabasi Oybek Umarov quyosh energiyasida yuradigan avtomobil ixtiro qildi. Bu haqda «Yangi davr» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, innovator mashinani o‘z hovlisida, uy sharoitida ixtiro qilgan. Avtomobil Quyoshdan energiya oladi, ochiq havoda 2,5 soat davomida quvvatni tiklaydi, bir quvvatda 40—60 kilometr masofani bosib o‘tishi mumkin. Tabiatga zarar keltirmay, shovqinsiz harakat qiladi. Tezligi soatiga 45—60 kilometrga yetadi.
«O‘zbekiston — quyoshli o‘lka. 300 kun quyoshdan unumli foydalanish imkoniyatiga ega. Shu uchun quyosh avtomobillarini yaratdim. Birinchi yasagan «Qaldirg‘och» nomli elektromobilim harakatlanganda zaryadi tugab qolardi. Doim zaryadka izlab, ulab qo‘yishga to‘g‘ri kelardi. Shu muammoni hal qilish maqsadida quyosh panellarini tom qismiga o‘rnatdim. Endi bularni quvvatlash shart emas. O‘zi kun davomida Quyoshdan elektr energiyani akkumlyatorga to‘plab boradi. Zamonaviy materiallar, ugleplastik karbonlar bor, shulardan foydalanib, elektromobil yoki quyosh avtomobili yasasa, masofasi uzoqroqqa yetadi», — deydi Oybek Umarov.
Eslatib o‘tamiz, u 2016 yilda O‘zbekistonda ilk bor elektromobil yasagandi. Elektromobil kuzovi temir profil va po‘latdan tayyorlangan. Unga elektrodvigatel va akkumlyator o‘rnatilgan. Eng yuqori tezligi soatiga 50 kilometr bo‘lgan mazkur namuna to‘rt soatda to‘liq quvvatlantiriladi va bu quvvat bilan 100 kilometr yo‘l bosa oladi.
«Oybek O‘zbekistonda ilk bor elektromobil yaratdi. Davlat bu ixtironi iliq kutib olib, unga bir qancha mukofotlar, faxriy yorliqlar berdi», — deydi uning onasi Robiya Umarova.
Mashinalarni quyosh energiyasidan tashqari, elektr orqali ham uy sharoitida quvvatlasa bo‘ladi. Narxi ham cho‘ntakka og‘irlik qilmaydi.
«Avtomobillarimga xaridorlar bor. ‘Menga ham shunaqa mashina yasab ber’, ‘Menga sot’ degan takliflar berishadi. Bu mashinalar nafaqat ko‘chada harakatlanishga, balki turizm sohasiga ham foydali», — deydi innovator talaba. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi