Avtozavodlarni bo‘yoq bilan ta’minlovchi «Axalta Coating Systems» (AQSH) kompaniyasi an’anaviy yillik tadqiqotini e’lon qildi, unga ko‘ra, talab sal kamayganiga qaramay, oq eng ommalashgan rang bo‘lib qolmoqda.
Bundan tashqari, kulrang bo‘yoqqa talab oshib boryapti, bu rang qo‘llanish bo‘yicha qora rang bilan tenglashib oldi, Yevropada esa hatto oq rangni ortda qoldirdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha yangi mashinalarning 35 foizi oq rangga (va uning boshqa tuslariga) bo‘yalgan.
Ikkinchi o‘rinda — qora va kulrang (har ikkisining ulushi 19 foizdan), kulrang mashinalar soni 2020 yilga qaraganda 4 foizga oshgan.
Kumushrang (9 foiz) va ko‘k (8 foiz) mashinalar to‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarni band etdi. Keyingi o‘rinlarda: qizil (5 foiz), jigarrang/och jigarrang (3 foiz), yashil va sariq (1 foizdan). Mashinalarda ishlatilayotgan boshqa tuslar 1 foizni ham tashkil etmaydi.
Oq rang 2017 yilda eng ommalashgan — mashinalarning 39 foizi shu rangda chiqqandi. 2021 yilda oq rangdan foydalanish jahonda 3 foiz, dunyoning eng yirik avtobozori Xitoyda 7 foiz qisqardi.
Yevropa — kulrang yetakchiga aylangan jahondagi yagona mintaqa (27 foiz). Janubiy Amerikada oq ranglidan so‘ng ikkinchi o‘rinda — kumushrang mashinalar (23 foiz), Yevropaning luks mashinalar segmentida qora ranglilari ustun (22 foiz). Qizil mashinalarni eng ko‘p Shimoliy Amerika yo‘llarida uchratish mumkin (8 foiz). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...