18:58 / 07.02.2022
1 948

General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi

General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi
Foto: UzAuto Motors
General Motors (AQSH) avtokonserni 2022 yilning avgustidan boshlab Spark avtomobili ishlab chiqarilishini to‘xtatadi.
Bu 2021 yilda ushbu modelning sotuvi keskin pasayib ketgani bilan izohlangan.

Ma’lumot uchun, 2021 yilda GM atigi 24 459 dona Spark sotgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 27 foizga kam.

Bundan avval ham kompaniya tomonidan Chevy Cruze, Sonic va Impala avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilgandi. Hozirda uchta rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda: Camaro, Corvette va Malibu.

Kelley Blue Book ma’lumotlariga ko‘ra, Spark Amerikaning eng arzon avtomobili(boshlang‘ich narxi – 13 600 dollar) bo‘lgan va endilikda uning o‘rniga Trax (boshlang‘ich narxi 21 400 dollar) ishlab chiqariladi.

«O‘zavtosanoat» axborot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda Spark ishlab chiqarish to‘xtatilishi reja qilinmagan. Chunki bu modelga xaridorlar o‘rtasida talab anchayin yuqori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » General Motors avtokonserni Spark ishlab chiqarishni to‘xtatadi