Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda avtomobil sanoatiga bag‘ishlangan topshiriq va vazifalar berildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, oshib borayotgan ichki talabni qondirish maqsadida birinchi yarim yillikda kamida 160 mingta avtomobil ishlab chiqarish lozimligi ta’kidlangan.
Yil yakuniga qadar 275 mingta avtomobil ishlab chiqarish uchun zarur butlovchi qismlarni o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha nazorat o‘rnatish topshirilgan.
«Shu bilan birga, aholimiz avtomobil bozorida takliflarni keskin oshirish bo‘yicha amaliy natijalarni hozir kutmoqda», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 2 barobarga (30 foizdan 15 foizga) pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berilgan.
Soha rahbarlariga 2022 yilda:
- tannarxni kamida 5 foizga kamaytirish, 100 million dollarlik import o‘rnini bosish; 23 loyiha doirasida 600 turdagi butlovchi qismlarni o‘zlashtirib, mahalliylashtirishni 48 foizdan 56 foizga oshirish;
- 336 million dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtirib, 3 ta loyihani (Tracker, Onix va yangi dvigatellar ishlab chiqarish) ishga tushirish lozimligi ko‘rsatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi