Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni mashinasozlik sanoati istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda avtomobillar eksportiga oid bir qancha vazifalar qo‘yildi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Qayd etilishicha, ichki talabdan kelib chiqib 2022 yilda 410 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. Yig‘ilishda bu raqam tarmoqdagi mavjud imkoniyatlarga nisbatan ancha kamligi ta’kidlangan.
Shu bois avtomobillarni ko‘proq ichki bozorga yo‘naltirib, butlovchi qismlar hisobiga yillik eksportni 500 million dollarga yetkazish topshirig‘i berilgan.
Bunda Rossiya va Qozog‘istonning yirik savdo tarmoqlari orqali butlovchi qismlar sotish tajribasini boshqa davlatlarda ham yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi