Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni mashinasozlik sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda davlat rahbari elektromobillar ishlab chiqarish tarmog‘iga ham to‘xtalib o‘tdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
«Jahonda elektromobillar ishlab chiqarish jadal rivojlanib, avtomobil bozorida salmoqli o‘rin egallamoqda. Biz ham bu sohada ortda qolmasligimiz uchun amaliy ishlarni hozirdan boshlashimiz kerak», — deydi prezident yig‘ilishda.
Qayd etilishicha, mutasaddilarga uch oy muddatda elektromobil tarmog‘ini rivojlantirish strategiyasini kiritish topshirilgan. Bunda:
- elektromobillar uchun butlovchi qism va materiallarni mahalliylashtirish dasturini;
- elektromobillar uchun texnik talab va zamonaviy standartlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Shuningdek, yil yakuniga qadar xorijiy kompaniyalar bilan muzokaralarni yakunlab, strategik hamkor bilan loyihani boshlash yuzasidan ko‘rsatma berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Taksi haydovchilari litsenziyasi narxi ikki barobarga qimmatlashdi