1 915
Import qilingan avtomobillar uchun bojxona bojining 2 barobarga qisqartirilishi nimani anglatadi?
Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda import avtomobillari uchun bojxona boji stavkalarini 30 foizdan 15 foizga pasaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritishga topshiriq berilgan.
Hozirgi bojlar qanday?
«Rastamojka»ning umumiy bahosi avtomobilning qancha yurganligi va uning narxi, ishlab chiqargan mamlakati, dvigatel turi va hajmi kabi bir necha faktorlarga bog‘liqdir.
Barcha bojxona to‘lovlari AQSH dollarida hisoblanadi va Markaziy bank kursi bo‘yicha o‘zbek so‘mida to‘lanadi.
Masalan, dvigatel hajmi 1000 kub santimetrdan oshmaydigan xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil uchun avtomobil narxining 30 foizini + har bir santimetr uchun 1,8 dollardan to‘lov amalga oshiriladi.
Dvigatelning ishchi hajmi qanchalik katta bo‘lsa, boj shunchalik katta bo‘ladi. Avtomobil avval foydalanilgan bo‘lsa, buning uchun ham qo‘shimcha to‘lov amalga oshiriladi.
Misol. Ikki litrli dvigatel hajmiga ega Drive komplektatsiyasidagi 2021 yil ishlab chiqarilgan yangi Mazda 6 mashinasi. Ishchi hajmi – 1998 kub santimetr. Bu kabi avtomobillar qo‘shni mamlakatlarda, taxminan, 24 ming dollarga baholanadi.
O‘zbekistonga import qilinganda u 30 foiz + kub santimetri uchun 2,5 dollar formulasida hisoblanadi. Avtomobil bahosining 30 foizi – 7 200 dollar. Ushbu summaga har bir kub santimetri uchun 2,5 dollardan qo‘shilganda – 4 995 dollar bo‘ladi. Jami – 12 195 dollar.
Bu bor-yo‘g‘i chegaradagi «rastamojka» summasi. O‘zbekistongacha yetkazib berish xizmati, utilizatsiya yig‘imi va QQS uchun to‘lovlarni ham hisobga olish kerak. Bularning barchasi birga hisoblanganda «rastamojka» bahosi nafaqat avtomobilning umumiy narxiga deyarli yetib qolishi, balki uning 100 foizlik narxidan ham oshib ketishi mumkin.
Nimalar o‘zgaradi?
Prezident narxlarni 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirishga buyruq berdi. Har bir kub santimetr uchun ham to‘lovlar miqdori kamaytiriladimi, yo‘qmi – bu hali noma’lum.
15 foizgacha qisqartirish yuqorida keltirilgan 12 195 dollar o‘rniga 8 595 dollar bo‘lishi, natijada 3 600 dollar tejalishini anglatadi. Boshqa misollardagi boshqa avtomobillarda esa ushbu summa miqdori boshqacha. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
AQSH raketalari yordamida yo‘llangan birinchi zarbalardan keyin Rossiya aksiyalari 2 mlrd dollarga quladi
Tramp Amerika razvedkasi ma’lumotlariga kirish huquqiga ega bo‘ldi
Bitkoin qiymati 99 ming dollardan oshdi