Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 fevral kuni “Avtotransport vositalarining ichki bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror imzoladi.
Taqdim etilgan qarorga asosan, O‘zbekistonga avtomobillar import qilishda bojxona bojlari ikki bosqichda pasaytiriladi. Qaror imzolangan paytdan e’tiboran boj stavkalari 30 foizdan 15 foizga tushirildi, biroq avtomobil dvigaleti quvvatiga bog‘langan qo‘shimcha koeffitsiyentlar (har bir kub sm uchun 1,8 dollardan 3 dollargacha) o‘zgarishsiz qoldi.
2023 yil 1 yanvardan boshlab, qo‘shimcha koeffitsiyentlar ham ikki barobarga kamaytiriladi; shu bilan birga, 15 foizlik asosiy boj stavkasi o‘zgarmay qoladi.
Bojxona bojlarining pasaytirilishi faqat yangi (ishlab chiqarilgan sanasidan O‘zbekiston bojxona chegarasini kesib o‘tgan kungacha 1 yildan ortiq vaqt o‘tmagan) avtotransport vositalariga taalluqli. Ishlab chiqarilganiga 1 yildan oshgan avtomobillar importi uchun 40 foizlik bojxona boji va qo‘shimcha koeffitsiyent (har bir kub sm uchun 3 dollardan) hisoblanadi — bunga qadar bunday tartib ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshgan avtomobillar uchun qo‘llanilar edi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 14 fevral kuni avtomobilsozlik sohasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazib, unda bojlarni ikki barobarga pasaytirish topshirig‘ini bergan edi.
“Sekin-sekin bojxona to‘lovlari nol bo‘lishi kerak. Raqobat bo‘lishi kerak, arzon va sifatli [avtomobillar bo‘lishi uchun]”, – dedi davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi