Kema bortida «Volkswagen» konserni ishlab chiqargan Porsche, Audi, Bentley va Lamborghini singari qariyb to‘rt mingta qimmatbaho mashinalar bor edi.
Foto: «The Hamden Journal»
Atlantika okeanining Azor orollari (Portugaliya) sohillaridan 400 kilometr olislikda bortiga qariyb to‘rt mingta qimmatbaho mashinalar ortilgan «Felicity Ace» yuk kemasi yonayotgani haqida xabar bergandik.
«Reuters» xabariga ko‘ra, «Felicity Ace» kemasi bortidagi barcha mashinalar bilan birga Atlantika okeaniga cho‘kib ketdi.
Foto: Twitter.com / USCGSoutheast
Panama bayrog‘i ostidagi ushbu kema 16 fevral kuni Germaniyaning «Volkswagen» zavodi joylashgan Emden shahri portidan suzib chiqib, mashinalarni sotish uchun AQSHning Rod-Aylend shtatidagi Devisvill shahri tomon yo‘l olgandi.
«Volkswagen» yetkazilgan zararni 400 mln. dollar atrofida baholadi va amerikalik hamkorlarini mashinalar yetib bormasligidan ogohlantirdi.
Kemada chiqqan chiqan kuchli yong‘in bilan qutqaruvchilar bir haftadan ortiq kurashishdi. Yong‘in kemadagi elektromobillar akkumulatorlari alangalanishidan hosil bo‘lgan. 22 kishilik ekipaj yong‘in paydo bo‘lishi bilan kemani tark etgandi, hech bir tirik jon jabrlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina zarbasi oqibatida KXDR armiyasi generali yaralandi
Kim Chen In G‘arbni Ukrainadan Rossiyaga qarshi foydalanganlikda aybladi
Rossiya Ukraina Bryansk viloyatidagi harbiy obyektga ATACMS bilan hujum qilganini tasdiqladi