UzAuto Motors avtomobillarga shartnoma tuzishni boshlagan 3 mart kunining o‘zidayoq sotilgan avtomobillarning aksariyati qayta sotish ehtimoli bilan sotib olingan bo‘lishi mumkin. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, bunga bir kishi tomonidan ikki va undan ortiq avtomobilga shartnoma tuzilgani haqidagi ma’lumotlar sabab bo‘lgan. E’tiborlisi, bir vaqtning o‘zida bir shaxs tomonidan 35 ta avtomobil uchun shartnoma tuzilgan. Sotuvning birinchi kuni jami 13 ming 203 ta avtomobilga tuzilgan shartnomalardan 6 ming 836 tasi (52 foiz) shu tarzda tuzilgan.
«‘Tadbirkorlar'ning oson daromad topishga bo‘lgan yuqori qiziqishi, eng avvalo, o‘z ehtiyojlari uchun avtomobil sotib olmoqchi bo‘lgan iste’molchilar uchun noqulayliklarni yuzaga keltirib, ortiqcha talabni shakllantiradi», — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, UzAuto Motors «Biznesmenlar»ning emas, aksincha aholi ehtiyojlarini qondirish uchun prioritetlar tizimini joriy qilgan. Unga ko‘ra, avtomobillar qayta sotish uchun emas, balki shaxsiy ehtiyoji uchun avtomobil sotib olayotgan mijozlarga avtomobillarni yetkazib berishni birinchi o‘ringa qo‘yadi.
«Avtomobillarni qayta sotish ehtimoli bilan tuzilgan shartnomalar aniqlangan taqdirda, kompaniya shartnoma shartlariga muvofiq (3.1.2 bandga muvofiq) avtomobilni yetkazib berish muddatini qo‘shimcha 120 kunga oshiradi. Shu munosabat bilan xaridorlardan shartnomani imzolashdan oldin uning barcha bandlari bilan to‘liq tanishib chiqishlarini iltimos qilamiz», — qayd etiladi UzAuto Motors ma’lumotida.
Ushbu chora-tadbirlar avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berish muddatini qisqartirish, aholi o‘rtasidagi talabni qondirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, UzAuto Motors 2022 yil 3 martdan boshlab ommabop modellarning shartnomalari yangilanishi — Chevrolet Lacetti (Gentra), Cobalt, Nexia va Spark avtomobillari uchun shartnomalar qayta tiklanishi haqida «Daryo»ga rasman ma’lum qilgandi. Yangi avtomobillar uchun shartnoma tuzish boshlangani e’lon qilingandan so‘ng bir necha soat ichida 13 203 ta avtomobilga shartnoma tuzildi. Kompaniya xaridorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida, oldinda to‘lov miqdorini 85 foizdan 50 foizga tushirgan.
Shuningdek, Chevrolet Traverse va Tahoe avtomobillarini xarid qilish uchun arizalar qabul qilish boshlanganidan so‘ng, dastlabki 20 daqiqada kompaniyaga 200 dan ortiq buyurtma kelib tushgan. Ushbu avtomobillarga ariza qabul qilishning ilk kuni natijalariga ko‘ra, 320 dan ortiq buyurtma olingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
“O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Grandlar nishonida turgan Husanovning o‘yini Yevropada qanday baholandi?
JCH-2026 saralashi. Qirg‘iz Respublikasi Eronga qarshi o‘yinda baribir mag‘lub bo‘ldi